Оммавий шартнома

Ushbu foydalanuvchi «Shartnoma» www.philips-avent.uz internet manziliga ega bo’lgan Ginza Asia MChJ Onlayn-do’kon, bundan buyon «Onlayn-do’kon» yoki «Sayt» va do’kon xizmatlaridan foydalanuvchi «Sotuvchi» deb ataladi va sayt orqali sotib olish shartlarini belgilaydi.

 

I. HUQUQIY АSOSLАR

1.1. Xaqiqiy foydalanuvchi shartnomasi, ushbu “Shartnoma”, onlayn-do’kon “Ginza Asia” MChJ o’rtasida tuziladi, www.avent-philips.uz internet manziliga ega, «Onlayn do’kon» yoki «Sayt» deb ataladi va Internet do’kon xizmatlaridan foydalanuvchi «Xaridor» sayt orqali mollarni sotib olish shartlarini belgilaydi.

1.2. Elektron tijorat shaklida amalga oshiriladigan ulgurji va chakana savdo O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 26 noyabrdagi “Yuridik va jismoniy shaxslarni ro’yxatdan o’tkazish hamda ular tomonidan savdo faoliyati amalga oshirilishini tartibga solish chora-tadbirlar to’g’risida”gi 407–sonli, 2003 yil 13 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasida chakana savdo Qoidalarini tasdiqlash to’g’risida”gi 75-sonli hamda 2016 yil 02 iyundagi “Elektron tijoratda bitimlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi      185–sonli qarorlari bilan tasdiqlangan Nizom va Qoidalariga asosan muvofiqlashtiriladi.

1.3. Iste'molchilar huquqini himoya qilishga doir masalalar O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, O’zbekiston Respublikasining «Iste'molchilar huquqini himoya qilish to’g’risidagi» Qonuni va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida tartibga solinadi.

II. АTАMАLАR TА'RIFI

2.1. Mazkur shartnomada, agar kontekstda boshqa ma'no-mazmun talab etilmasa, ushbuda keltirilgan atamalar quyidagi ma'nolarni anglatadi va ushbu hujjatning ajralmas qismini tashkil qiladi:

Internet-do’kon — www.philips-avent.uz internet manzili bo’yicha joylashgan «Ginza Asia» MChJ ning rasmiy Internet-do’koni.

Shartnoma — bir shaxsga, bir nechta aniq shaxslarga yoki shaxslarning nomuayyan doirasiga yo’naltirilgan, undan taklif bildirayotgan shaxsning (shartnoma) taklifda ko’rsatilgan shartlarda kim javob bersa u bilan shartnoma tuzishga bo’lgan irodasi bilinadigan, shartnomaning barcha mavjud shartlari mavjud bo’lgan taklif.

Sotuvchi— «Ginza Asia» MChJ internet-do’koni.

Xaridor — tijorat maqsadlarida foydalanish, o’zining ishlab chiqarish-xo’jalik ehtiyojlari uchun axborot tizimlaridan foydalangan holda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) shartnoma asosida sotib oluvchi xar qanday jismoniy shaxs yoki tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari (O’zbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari).

Tovar — tomonlar kelishuvining ob'ekti, www.philips-avent.uz internet manzili bo’yicha joylashgan “Ginza Asia» MChJ ning rasmiy internet-do’konida taqdim etilgan assortiment ro’yxati.

Elektron tijorat ishtirokchisi — elektron tijoratda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotuvchi yoki ularning xaridori bo’lgan yuridik yoki jismoniy shaxs.

III. UMUMIY QOIDАLАR

3.1. Internet-do’kon saytida taqdim etilgan tovarga buyurtma berish orqali xaridor joriy shartnomaning barcha shartlariga o’z roziligini bildiradi.

3.2. Internet-do’kon sayti ma'muriyati xaridorni oldindan ogohlantirmagan holda ofertaga o’zgartirish kiritish huquqiga egadir.

3.3. Shartnomaning amal qilish muddati chegaralanmagan (agar internet-do’kon saytida boshqacha tartiblar keltirilmagan bo’lsa).

3.4. Sotuvchi xaridorga tovar haqidagi to’liq va ishonchli axborotni, jumladan, mahsulotga tegishli asosiy iste'mol xususiyatlari, ishlab chiqarish joyi, shuningdek, kafolat muddati va yaroqlililk muddati xaqida ma'lumot beradi.

IV.TOVАR NАRXI

4.1. Har bir Tovarning narxi www.philips-avent.uz internet-manzilida joylashgan internet-do’kon saytida ko’rsatilgan.

4.2. Tovar narxi bir tomonlama tartibda o’rnatiladi va internet-do’kon sahifalarida ko’rsatiladi.

4.3. Tovar narxi O’zbekiston Respublikaning milliy valyutasi – so’mda ko’rsatiladi.

4.4. Muayyan Tovar uchun shartnoma tuzish taklifi ushbu Tovarning sotuvchiga tegishli internet-do’kon saytida mavjud bo’lgan muddat davomida amal qiladi.

4.5. Sotuvchi bir tomonlama tartibda har qanday Tovar pozitsiyasi uchun narxlarni o’zgartirish huquqiga ega.

4.6. Xaridor tomonidan buyurtma berilgan Tovar narxini sotuvchi o’zgartira olmaydi.

V. ShАRTNOMАNI RАSMIYLАShTIRISh JАRАYoNI

5.1. Ushbu shartnomaning matni ochiq shartnoma hisoblanadi (O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 369-moddasi 2-qismi va 426-moddasiga asosan).

5.2. Xaridor tomonidan joriy shartnoma shartlariga rozilik bildirish asosida tuziladigan shartnoma - Xaridor hech qanday istisnolar va bahonalarsiz qo’shiladigan birlashtiruv shartnomasi hisoblanadi.

5.3. Saytda grafik tasvir-namunalari ko’rinishida taqdim etilgan Tovarlar internet-do’konining xususiy mulki hisoblanadi.

5.4. Monitorlarning turli texnik xususiyatlari tufayli Tovarning rangi saytda keltirilgan tasvirdagidan farqlanishi mumkin.

5.5. Xaridor so’roviga asosan internet-do’kon menejeri (telefon yoki elektron pochta orqali) Xaridor uchun zaruriy va sub'ektiv nigohda yetarli hisoblangan ma'lumotni tovar xaridiga doir qaror qabul qilishi uchun taqdim etishga majburdir.

5.6. Xaridor tomonidan Tovarga buyurtma berilishi uning mazkur Shartnoma talablariga e'tirozsiz ravishda roziligini anglatadi.

5.7. Sotuvchining (buyurtmani rasmiylashtirgan) internet-do’konidan muayyan Tovarni sotib olgan xaridor ushbu shartnoma doirasida sotuvchi bilan savdo munosabatlariga kirishgan shaxs sifatida baholanadi.

VI. TOMONLАRNING HUQUQ VА MАJBURIYaTLАRI

6.1. Sotuvchining majburiyatlari:

6.1.1. Shartnoma tuzilganidan so’ng xaridor oldidagi barcha majburityalarni shartnomada keltirilgan shartlar va amaldagi qonunchilikka muvofiq to’liq bajarilishini ta'minlash;

6.1.2. Аmaldagi qonunchilikka binoan Xaridorning personal ma'lumotlarini qayta ishlash va ularning maxfiyligini ta'minlash;

6.1.3. Ma'lumotga ruxsatsiz kirish urinishlarini bartaraf qilish yoki uning buyurtmalarni bajarishga aloqador bo’lmagan shaxslarga berilishining oldini olish, bunday holatlarni o’z vaqtida aniqlash va to’xtatish.

6.2. Sotuvchining huquqlari:

6.2.1. Shartnomani, tovar va unga aloqador xizmat tariflariga belgilangan narxlarni, to’lov hamda tovarni yetkazib berish muddatlari va usullarini bir tomonlama tartibda, www.philips-avent.uz internet-manzilida joylashgan internet-do’kon sahifalarida joylash orqali o’zgartirish;

6.2.2. Sayt sahifalarida joylashtirilgandan keyin barcha o’zgartirishlar o’sha zahoti kuchga kirgan va Xaridorga yetkazilgan deb hisoblanadi;

6.2.3. Xaridor bilan kelishmagan tartibda shartnomani bajarish bo’yicha o’z huquq va majburiyatlarini uchinchi tomon shaxslariga o’tkazish;

6.2.4. Informatsion hamkorlarga elektron hujjatlar va elektron xabarlarni saqlash uchun uzatish;

6.3. Xaridorning majburiyatlari:

6.3.1. Shartnomani tuzish oldidan undagi ma'lumotlar va shartlar, sotuvchi tomonidan internet-do’konda keltirilgan Tovar narxlari, shuningdek, www.philips-avent.uz internet manzili bo’yicha joylashgan internet-do’kon sahifalarida keltirilgan boshqa shartlar bilan tanishib chiqishi;

6.3.2. Sotuvchi o’z majburiyatlarini bajarishi uchun mazkur shartnomaning 7.1. bandida ko’rsatilgan tartibda xaridor uni mijoz sifatida aniqlashga yordam beradigan va mahsulotni yetkazib berish xizmatidan foydalanilgan taqdirda buning uchun kerakli barcha ma'lumotlarni sotuvchiga taqdim etishi;

6.3.3. Mazkur shartnoma doirasida buyurtma berilgan tovar va uni yetkazib berish xizmati uchun to’lovni amalga oshirishi;

6.3.4. Turli bahsli holatlarni oldini olish uchun buyurtmani rasmiylashtirish vaqtida sotuvchi tomonidan uning saytida keltirilgan ma'lumotlar bilan tanishib chiqishi;

6.3.5. Internet-sayt orqali buyurtma berilgan tovardan tadbirkorlik maqsadlarida foydalanmasligi.

VII. BUYuRTMАNI RАSMIYLАShTIRISh

7.1. Internet-do’kon saytida ro’yxatdan o’tish vaqtida xaridor quyidagi ma'lumotlarni taqdim qilishi lozimdir:

7.1.1. Xaridor yoki u tomondan ko’rsatilgan shaxsning (oluvchining) familiyasi, ismi, otasining ismi:

7.1.2. Tovar yetkazib beriladigan manzil (agar tovar xaridor manziligacha yetkazib berilsa);

7.1.3. Elektron pochta manzili;

7.1.4. Bog’lanish uchun telefon raqami.

7.2. Xaridor tomonidan tanlangan tovarning nomi, miqdori, assortimenti, artikuli va narxi internet-do’kondagi xaridor savatchasida ko’rsatiladi.

7.3. Аgar sotuvchiga qo’shimcha ma'lumotlar kerak bo’lsa, u xaridordan mazkur ma'lumotlarni so’rash huquqiga egadir. Аgar xaridor sotuvchi so’ragan ma'lumotlarni taqdim qilmasa, u holda sotuvchi xaridor tanlagan tovar uchun mas'ul bo’lmaydi.

7.4. Xaridor internet-do’konning saytida yoki buyurtmani operator orqali rasmiylashtirish vaqtida kerakli ma'lumotlarni ro’yxatga olish shakliga kiritish bilan mazkur shartnomaning shartlarini qabul qilgan deb hisobalanadi. Operator orqali buyurtma rasmiylashtirilgan taqdirda xaridor haqidagi tafsilotlar sotuvchining ma'lumotlar bazasiga kiritiladi. Tanlangan tovarga buyurtmani tasdiqlash orqali Xaridor ushbu ofertaning 7.1-bandida keltirilgan tartibda zaruriy ma'lumotlarni taqdim qiladi.

7.5. Sotuvchi buyurtmani rasmiylashtirish paytida xaridor tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarning mazmuni va aniqligiga javob bermaydi.

7.6. Xaridor buyurtmani rasmiylashtirish paytida taqdim qilingan ma'lumotlarning aniqligiga javob beradi.

7.7. Buyurtma rasmiylashtirilgan vaqtdan e'tiboran xaridor va sotuvchi o’rtasida distantsion shaklda tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan deb hisoblanadi.

VIII. TOVАRNI YeTKАZISh VА TOPShIRISh

8.1. Sotuvchi internet-do’kon saytidagi “Etkazish turi”da keltirilgan xizmatlardan biri orqali xaridorga tovarni yetkazib beradi.

8.2. Аgar oldi-sotdi shartnomasi distantsion usulda tovarni xaridorga yetkazib berish sharti bilan tuzilgan bo’lsa, sotuvchi shartnomada belgilangan muddatda tovarni xaridor tomonidan ko’rsatilgan manzilga yetkazib berishga majburdir. biroq, xaridor tovarni yetkazib berish manzilini ko’rsatmagan taqdirda, sotuvchi xaridorni xabardor qilgan holda Tovarni uning yashash joyi yoki ro’yxatga olingan manziliga yetkazib beradi.

8.3. Tovarni xaridorga yetkazib berish muddati buyurtmani qayta ishlash va yetkazib berish muddatlaridan tarkib topadi.

8.4. Sotuvchi yetkazib berish xizmati narxini internet-do’kon saytida yoki buyurtmani operator yordamida rasmiylashtirish vaqtida ko’rsatib o’tadi. 

8.5. Ushbu shartnomada keltirilgan shartlarga binoan sotuvchi tovarni sotadi, Xaridor esa to’lovlarni amalga oshirib, mahsulotni qabul qilib oladi. Buyurtma qilingan tovarlar uchun mulk huquqi tovar yetkazilgan va uning uchun to’lov to’liq amalga oshirilgan vaqtdan boshlab xaridorga o’tadi. tovar xaridorga yetkazib berilgandan keyin tasodifiy/bexos yo’qotish yoki tovarning zararlanishi bilan bog’liq xavflar xaridor zimmasiga o’tadi

IX. TO’LOV TURLАRI

9.1. Xaridor to’lovni quyidagi usullar yordamida amalga oshirishi mumkin:

- naqd pul;

- bank plastik kartasi;

www.philips-avent.uz internet-manzilda ko’rsatilgan to’lov tizimlari;

- pul o’tkazish (yuridik shaxslar uchun) orqali.

X. TOMONLАRNING JАVOBGАRLIGI

10.1. Mazkur shartnomada keltirilgan shartlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun tomonlar O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortiladi.   

10.2. Internet-do’konga joylangan barcha matnli ma'lumotlar, grafik tasvirlar va xizmatlar qonuniy muallifiga ega bo’lib, ushbu materiallardan noqonuniy foydalanish amaldagi qonunchilik bo’yicha ta'qib qilinadi.

XI. BOShQА ShАRTLАR

11.1. Mazkur Oferta talablarini qabul qilgan holda xaridor o’z personal ma'lumotlarini, jumladan familiya, ism, otasining ismi, tug’ilgan sanasi, jinsi, ish joyi va lavozimi, pochta manzili, uy, ish va mobil telefon raqamlari, elektron pochta manzilini «Ginza Asia» MChJ tomonidan qayta ishlanishiga rozilik bildiradi va bunga ruxsat beradi. Ushbu jarayon, shuningdek, personal ma'lumotlarni to’plash, tizimlash, yig’ib borish, saqlash, aniqlash (yangilash, o’zgartirish), foydalanish, tarqatish, O’zbekiston Respublikasi hududida uzatish, depersonalizatsiyalash, bloklash, personal ma'lumotlarni o’chirish, hamda ularni sotuvchining kontragentlariga keyingi qayta ishlash jarayoni uchun (jumladan, ma'lumotlarni to’plash, tizimlash, yig’ib borish, saqlash, aniqlash (yangilash, o’zgartirish), foydalanish, tarqatish, O’zbekiston Respublikasi hududida uzatish,  depersonalizatsiyalash, bloklash, personal ma'lumotlarni o’chirish) xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilash, marketing dasturlari va statistik tadqiqotlarni o’tkazish, shu bilan birga, Xaridor bilan turli aloqa vositalari orqali (jumladan, biroq chegaralanmagan tartibda: pochta orqali xabar jo’natish, elektron pochta, telefon, faksimil aloqa, internet tarmog’i) bevosita bog’langan holda bozorda xizmatlarni ilgari surish maqsadlarida uzatish ishlarini qamrab oladi.

11.2.  Xaridor sotuvchidan o’ziga tegishli personal tafsilotlar, ularning qayta ishlanishi va qo’llanilishi haqidagi to’liq ma'lumotni so’rashga, shu bilan birga,  pochta manzili bilan sotuvchi nomiga tegishli so’rovni yuborish orqali ularni o’chirib tashlash, noto’g’ri yoki to’liq bo’lmagan qismlarini to’ldirishni talab qilishga haqlidir. Xaridor tomonidan uning personal ma'lumotlarini qayta ishlanishiga bildirgan roziligi muddatsiz ravishda amal qiladi va pochta manziliga sotuvchi nomiga yozma ariza jo’natish orqali bekor qilinishi mumkin.

11.3 Onlayn-do’kon maxsus aktsiyalar o’tkazish xuquqiga ega.

Diqqat bilan shartnomani o’qib chiqing, agar siz shartnomaning biron bir qoidasiga rozi bo’lmasangiz, siz sotuvchi tomonidan taqdim etilgan tovarlarni sotib olishdan voz kechishingiz va shartnomaning 3.1bandda ko’rsatilgan xaddixarakatlarni bajarmasligingiz kerak.

 

Mahsulot:
Soni: ta
Narxi:

Ro'yxatdan o'tish

Mening savatim
Narxi
SO'M
Jami
SO'M